AsosiyJamiyat

Toshkentda IIB xodimlari fuqaroni do`pposlashdi, uning jurnalist ekanini bilgach esa...

'Toshkentda IIB xodimlari fuqaroni do`pposlashdi, uning jurnalist ekanini bilgach esa...'ning rasmi

"Vazir Bobojonov, iltimos iste`fo bering, negaki sizning xodimlaringiz fuqarolarni haqoratlab, kaltaklashda davom etyapti. Siz tizimni o`zgartira olmayapsiz", - deya yozib chiqdi jurnalist  Alisher Ro`zioxunov.  Buning sababini esa qo`yidagicha tushuntirmoqda:

"23 oktyabr kuni tungi soatda chorrahadan o`tayotgandim. Chorrahadan o`tish bilan yo`l harakati xodimi – inspektor bir mashinani to`xtatdi. U yo`l yoqasida turgan inspektor xizmat mashinasiga yonma-yon, yo`lning ikkinchi yo`lagiga to`xtadi. Inspektor esa yo`lning uchinchi yo`lagidan haydovchi eshigi tomon yurib kelayotgandi. Men yo`ldagi tirbandlik va vaziyatni ko`rib, arang uchinchi va to`rtinchi bo`lak orasiga tushib qoldim. Shunday inspektorning qo`li mashinam o`ng yon oynasiga tegib ketdi.  

Shu joydan qochmay, inspektor kelishini kutdim, unga yo`l o`rtasiga sal e`tibor bilan chiqishini aytganim bilan mojaro boshlandi. Hamma ishini qo`yib, 6dan ortiq xodim meni o`rab oldi. Inspektor hujjatlarimni talab qildi. Berdim. Shu orada qiy-chuv qilib, xodimlar “buni rasmiylashtir, odam urdi” deb “aql” o`rgata boshladi. Men sal shokka tushdim. 

Shu orada shahar IIBBda kimni tanisam, qo`ng`iroq qilib, anglashmovchilik bilan ishni jiddiylashtirayotganini tushuntirdim. Inspektor telefonimni olib bir chetga o`tib ketdi. Go`shakni nariyog`idagi odam vaziyatni uning og`zidan eshitayotgandi. Shu paytdan niqobda, hech qanday tanish belgisi bo`lmagan 2 nafar xodimning biri dubinka bilan qornimga soldi. Hech qanday sabab yo`q. Aynan shu xodim mensimay, haqoratlab gaplasha boshladi. Buni tushunmadim, ammo vaziyat keskinlashib ketmasligi uchun xo`p, aka deb turgandim. Shu xo`p so`zim ham yoqmadi shekilli. Dubinka zarbidan ikki bukilib erga o`tirdim. Qolganlar mashara qilishni boshladi. Aktyor ekan, tegma, hozir o`ziga keladi, deb.  

Inspektor telefonda suhbatni tugatib, qaytib keldi va men jurnalist ekanimni qolganlarga aytdi. 10 daqiqadan so`ng, atrofdagi xodimlari tumtaraqay bo`ldi. Inspektor va zudlik bilan shu joyga etib kelgan rahbari meni yupatib kechirim so`radi. Men qabul qildim. Ammo gap ularda emasdi. Xullas, vazir janoblari, ikkiyuzlamachi, o`zboshimcha va vakolatini suiste`mol qilib, odam uradigan, haqarotlaydigan xodimlaringizni isloh qilolmayapsiz. Buni eplaydigan odamga o`rningizni bo`shatib bering.  

Ps. Men o`zimni hech qachon bunday vaziyatlarda oppoq ko`rsatmayman. Inspektordan aybim bo`lsa, buni rasmiylashtirishni 5 marta so`radim, masalan..."- deya qo`shimcha qilib, yozib  qoldirgan jurnalist.

 

Izoh: keltirilgan matn hech qanday o`zgartirishsiz va tuzatishlarsiz berildi

    Boshqa yangiliklar