2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko`ra, Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1009,3 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan ko`p bo`lgan viloyatlar qatoriga kirdi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lum qildi.
Keltirilishicha, Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni esa 856,9 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan kam yagona viloyat bo`lib qolmoqda.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yil 1 oktyabr holatiga doimiy aholi sonining hududlar bo`yicha taqsimlanishi:
Samarqand viloyati – 3928,7 ming kishi
Farg`ona viloyati – 3802,7 ming kishi
Qashqadaryo viloyati – 3318,0 ming kishi
Andijon viloyati – 3172,1 ming kishi
Toshkent viloyati – 2977,8 ming kishi
Namangan viloyati – 2852,3 ming kishi
Surxondaryo viloyati – 2667,3 ming kishi
Toshkent shahri – 2654,6 ming kishi
Buxoro viloyati – 1939,6 ming kishi
Qoraqalpog`iston R. – 1916,1 ming kishi
Xorazm viloyati – 1884,1 ming kishi
Jizzax viloyati – 1403,2 ming kishi
Navoiy viloyati – 1009,3 ming kishi
Sirdaryo viloyati – 856,9 ming kishi