1

Qancha kartoshka, piyoz, sabzi va guruch zaxirasi yaratilgani ma`lum qilindi

Jamiyat 27.10.2020, 17:23
Qancha kartoshka, piyoz, sabzi va guruch zaxirasi yaratilgani ma`lum qilindi

AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Qishloq xo`jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo`jaevaning ma`lum qilishicha,  respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlash, ichki va tashqi bozorlarga yil davomida sifatli va arzon mahsulot etkazib berish maqsadida qish-bahor mavsumi uchun jami 795 ming tn (768 ming tn xududiy tayyorlovchi korxonalar va tashkilotlar, 26,9 ming tn ijtimoiy soha ob`ektlari) qishloq xo`jaligi mahsulotlarini shundan, 400 ming tn kartoshka, 130 ming tn sabzi, 180 ming tn piyoz va 85 ming tn guruch jamg`arish (zakladka) rejalashtirilgan.  

Bu esa 2019 yilga nisbatan 388 ming (195%) tn qo`shimcha (382 ming tn (201%) zaxirachi tashkilotlar, 1,4 ming tn (105,6%) ijtimoiy tashkilotlar) shundan, 219,2 ming tn (221,2%) kartoshka, 44 ming tn (151,1%) sabzi, 96 ming tn (213,7%) piyoz va 28,5 ming tn (150,5%) guruch mahsulotlarini zaxiraga yo`naltirish imkonini beradi.

 Bugunga kunga qadar (26.10.2020 yil holatiga) jami 145,3 ming tonna (18,3%, xududiy korxonalar tomonidan 141,4 ming tn, ijtimoiy soha ob`ektlari tomonidan 3,9 ming tn zaxiraga jamg`arildi) qishloq xo`jaligi mahsulotlar, shundan 55 ming tn kartoshka, 56,4 ming tn piyoz, 14,6 ming tn sabzi, 19,3 ming tn guruch jamg`arildi. Ushbu zaxira rejasi noyabr oyi oxirigacha bajarish rejalashtirilgan.  

Ma`lumot uchun: Bugungi kunda hududlarda 1102 ming tn quvvatga ega 3 282 ta, shundan 776 ming tonnalik 1732 ta muzlatgichli va 326 ming tonnalik 1555 ta oddiy omborxona mavjud.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 oktyabrdagi 648-sonli qaroriga muvofiq, zaxira bazasini yaratishda davlat tomonidan zaxira tashkilotlariga quyidagi qulayliklar yaratilmoqda:

  • Tijorat banklari → kredit mablag`larini → aylanma mablag`larni shakllantirish uchun ajratish;
  • Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi → berilgan kreditning Markaziy bankining asosiy stavkasidan (15%) oshgan qismini + kompensasiya qilishi;
  • Vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo`mitasi va “Parrandasanoat” uyushmasi → go`sht va tuxum mahsulotlari bilan → aholini uzluksiz ravishda arzon narxlarda ta`minlashi;
  • “O`zyog`moysanoat” uyushmasi, “O`zdonmahsulot” AK → aholi ehtiyojiga mos ravishda (o`simlik yog`i, margarin, sovun, un va un mahsulotlari) → narxlarning oldini olish choralarin ko`rishi belgilandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1