AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonning qaysi viloyati qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda etakchi ekani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonning qaysi viloyati qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda etakchi ekani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra,  2020 yilning 9 oyida qishloq, o`rmon va baliq xo`jaliklari bo`yicha mahsulotlar etishtirishda qaysi hududlar etakchilik qilmoqda?

- Qashqadaryoda eng ko`p donli ekinlar etishtirilgan (790,2 ming tonna mahsulot).

-Samarqandda eng ko`p sabzavotlar etishtirilgan (1162,5 ming tonna).

- Samarqandda eng ko`p kartoshka etishtirilgan (512,1 ming tonna).

- Surxondaryoda eng ko`p poliz ekinlari etishtirilgan (195,7 ming tonna).

-Andijonda eng ko`p meva va rezavorlar etishtirilgan (417,5 ming tonna).

- Samarqandda eng ko`p uzum etishtirilgan (479,0 tonna).

- Qashqadaryoda eng ko`p go`sht (tirik vaznda) etishtirilgan (221,4 ming tonna).

-Samarqandda eng ko`p – 982,1 ming tonna sut olingan.

- Toshkent viloyatida eng ko`p – 987,2 million dona tuxum olingan.

- Xorazmda eng ko`p – 7 909 tonna baliq ovlangan.

- Samarqandda 1586,1 ming bosh yirik shoxli qoramol bor.

-Qashqadaryoda 4583,4 ming bosh qo`y va echkilar bor.

-Toshkent viloyatida eng ko`p – 51105 bosh otlar bor.

    Boshqa yangiliklar