Pedagog va taniqli tarjimon, filologiya fanlari doktori, professor Muhammadjon Xolbekov 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Sof.uz» xabar berdi. Muhammadjon Xolbekov 1950 yilda Samarqandda tug`ilgan. U Samarqand davlat universitetining roman-german filologiyasi fakultetini tamomlagan. Muhammadjon Xolbekov Samarqand davlat pedagogika institutida, Samarqand davlat universitetida kafedra mudiri, fakultet dekani, filologiya yo`nalishi bo`yicha himoya kengashi a`zosi bo`lib ishlagan. U 1982 yilda nomzodlik, 1989 yilda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. 1999—2005 yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti fransuz filologiyasi fakulteti dekani va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan. Professor 2006 yildan Jizzax davlat pedagogika institutida, O`zbekiston jahon tillari universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutida yosh tadqiqotchilarga rahbarlik qilgan. Muhammadjon Xolbekovning fransuz adabiyotidan qilgan o`nlab tarjimalari nashr etilgan. Uning «O`zbek adabiyoti Fransiyada», «Amir Temurning Evropa qirollari bilan yozishmalari», «Uilyam Shekspir», «XX asr modern adabiyoti manzaralari» kabi risolalari nashr etilgan. |
O`zbekistonlik taniqli tarjimon Muhammadjon Xolbekov 70 yoshida vafot etdi
Pedagog va taniqli tarjimon, filologiya fanlari doktori, professor Muhammadjon Xolbekov 70...






