“Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori (665-son, 29.10.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko`ra, 2022 yil 31 dekabrgacha quyidagilarga utilizasiya yig`imining nol stavkasi qo`llaniladi:
- yuk tashish uchun mo`ljallangan shatakchi avtomobillar (TIF TN kodi 8701 20, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno), shuningdek, tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshganlari bundan mustasno);
- yuk tashish uchun mo`ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodlari 8704 22, 8704 23) hamda maxsus mo`ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90);
- haydovchi bilan birga 10 va undan ortiq yo`lovchilarni tashish uchun mo`ljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno).
Shuningdek. endilikda davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yo`nalishlari bo`yicha xayriya yordami maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalariga ham utilizasiya yig`imi undirilmaydi.
Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.