1

Namanganda ayol o`zi va ikki bolasini suvga cho`ktirib o`ldirdi (video)

Jamiyat 30.10.2020, 21:00
Namanganda ayol o`zi va ikki bolasini suvga cho`ktirib o`ldirdi (video)

Namanganlik ayol ikki bolasini suvga cho`ktirib o`ldirdi va so`ng o`zini ham suvga tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Yangi davr” informasion dasturida ma`lum qilindi.

Keltirilishicha, joriy yilning 24 oktyabr kuni  viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yangiqo`rg`on tumani “Eski er” suv omborida suv betida uchta jasad qalqib chiqqani haqida  ma`lumot kelib tushadi. Tezkor guruh voqea joyiga etib kelib, bir nafar ayol va ikki nafar voyaga etmagan bolalarning jasadlarini suvdan olib chiqadi.

Olib borilgan tekshiruvlar natijasida jasadlarning shaxsiga aniqlik kiritildi. 

Aniqlanishicha, marhum tumanning Navkent mahallasida yashagan ayol bo`lib, u sha`riy nikohdagi turmush o`rtog`iga tegishli bo`lgan tutzor uchun mo`ljallangan 2 gektar erning 0,50 sotixini  turmush o`rtog`i tomonidan ukasiga o`tkazib berganidan norozi bo`lgan. Achchiq ustida o`z joniga qasd qilish maqsadida  ikki nafar voyaga etmagan farzandlari— uch yoshli o`g`li va 2 yoshli qizini— “Eski er” suv omborining boshlanish qismiga olib kelgan. Farzandlarini ketma-ketlikda suvga tashlab, ular cho`kkaniga ishonch hosil qilgach, o`zini ham suvga tashlagan.

Shuningdek, ma`lum bo`lishicha, ayol o`z joniga qasd qilishdan oldin er maydonini berib yuborilishidan norozi ekanini bildirib, xat yozib qoldiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1