1

Bosh prokuratura Namanganda o`zi va ikki bolasini suvda cho`ktirib o`ldirgan ayol hodisasi bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

Jamiyat 31.10.2020, 10:35
Bosh prokuratura Namanganda o`zi va ikki bolasini suvda cho`ktirib o`ldirgan ayol hodisasi bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

Kecha, Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida joylashgan “Eski er” suv omboridan 3 nafar odam jasadi topilgani, jasadlar ona uning ikki bolasi bo`lib chiqqani haqida xabar qilgan edik. 

Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma`lumot taqdim etdi.  

Aniqlanishicha, 2020 yil 26 oktyabr kuni soat 17-00 larda Yangiqo`rg`on tumani, Navkent mahallasida yashovchi ayol N.G`. (1984 y.t., sudlanmagan, uy bekasi) sha`riy nikohdagi turmush o`rtog`ining oilasiga tegishli bo`lgan, 2,0 gektar tutzor uchun ajratilgan er maydonining 50 sotixini ukasiga berib yuborganligidan norozi bo`lib, bu haqida xat yozib qoldirgan.

So`ng, 2 nafar voyaga etmagan farzandlari bilan tumandagi “Yangiqo`rg`on eski er” suv omboriga kelib, omborning boshlanish qismiga farzandlarini ketma-ketlikda suvga tashlab, ularni cho`kib o`lganligiga ishonch hosil qilgandan so`ng, o`zini ham suvga tashlab, joniga qasd qilgan.      

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1