Mazkur savolga "O`zbekko`mir" AJ bosh geologi Erkin Jo`raev javob berdi. Angren ko`mir koniga tegishli bo`lgan qo`ng`ir ko`miri qattiqlik darajasi bo`yicha 4-shkalada, bu judayam yumshoq. Biz ko`mir konidan yuklangan mahsulotni ko`mir jamlanmasiga eltamiz, u erdan laboratoriyadan o`tkaziladi va shu tariqa har bir vagondagi mahsulotga sifat sertifikati beriladi. Ko`mirning sifati yaxshi. Sifatsiz deyilayotgan ko`mir bu — maydalangan ko`mir. Uni laboratoriyada tekshirsangiz sifatli bo`lib chiqadi. Ko`mir iste`molchining qo`liga etib borgunicha bir necha bosqichdan o`tgani bois maydalanib ketyapti va sifatsiz ko`rinishga kelyapti. Masalasining echimi yo`qmi? Birdan-bir yo`li — joylarga etkazilgan ko`mirdan sifatli briket ishlab chiqarilib, etkazilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. |
31.10.2020 15:41