1

"Angren-Chuqursoy" yo`nalishidagi yuk poezdning havo magistral kranini yopib to`xtatgan shaxs aniqlandi

Jamiyat 31.10.2020, 23:39
Teglar: Angren-Chuqursoy
"Angren-Chuqursoy" yo`nalishidagi yuk poezdning havo magistral kranini yopib to`xtatgan shaxs aniqlandi

30 oktyabr kuni soat 00:43 da Toshkent mintaqasi temir yo`l transportida XTBga, “Angren-Obliq” temir yo`l bekatlari oralig`i 109-km., 9-to`siqda “Angren-Chuqursoy” yo`nalishidagi yuk poezdi harakatlanib ketayotgan vaqtida havo magistral tormozini noma`lum shaxs tomonidan tortilishi sababli soat 00:27da to`xtaganligi haqida xabar kelib tushdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, ushbu poezdning havo magistral kranini yopib to`xtatgan shaxs 1995 yilda tug`ilgan, Toshkent viloyati, Angren shahar, Turkiston ko`chasida yashovchi, X.F. ekanligi aniqlangan. Keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Aytish joizki fuqaro X.F.ning ushbu qilgan ishi natijasi og`ir oqibatlarga sabab bo`lishi ham mumkin edi, shunday ekan fuqarolarimizdan kelajakda bunday noo`rin hatti-harakatlarni amalga oshirmasliklarini so`rab qolamiz.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1