AsosiyJAMIYAT

31-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 227 nafarni, vafot etganlar 3 nafarni tashkil qildi

Shu yilning 31 oktyabr kuni mamlakatimizda 227 holatda kasallik qayd etildi. Shu bila...

'31-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 227 nafarni, vafot etganlar 3 nafarni tashkil qildi'ning rasmi

Shu yilning 31 oktyabr kuni mamlakatimizda 227 holatda kasallik qayd etildi

Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 566 nafarga etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro Namangan, Farg`ona viloyatlarida 257 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 66 932 nafar bemordan 64 235 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 131 nafar bemordan 266 nafari og`ir, 72 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 
  

Boshqa yangiliklar