AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya COVID-19’ni bir necha soniya ichida aniqlaydigan test ishlab chiqdi

'Buyuk Britaniya COVID-19’ni bir necha soniya ichida aniqlaydigan test ishlab chiqdi'ning rasmi

Britaniyaning Imspex Diagnostics kompaniyasi mijozda nafas olish yo`llari orqali koronavirusni bir necha soniya ichida aniqlay oladigan test ishlab chiqdi. Bu haqda 2 oktyabr kuni BBC-Ukrainaga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ushbu usul Edinburg va Dortmund klinikalarida 100 nafar bemorda sinovdan o`tkazilgan va muvaffaqiyatli natija ko`rsatgan. Yaratilgan qurilma nafas namunalarini tahlil qilib, undagi nafas olish kasalliklari turini aniqlashga imkon beruvchi beqaror kimyoviy elementlarni qidiradi.

Test ushbu elementlardan COVID-19’ni aniqlay olgan. Keyinchalik, COVID-19 borligi boshqa test usullari bilan tasdiqlangan. Shu bilan birga, testlar koronavirusni boshqa kasalliklardan — astma yoki bakterial pnevmoniyadan ajrata olgan.

Imspex Diagnostics rahbari Santi Domingesning bildirishicha, agar etarli mablag` ajratiladigan bo`lsa, qurilma olti oy ichida ommaviy foydalanishga tayyor bo`ladi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar