Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 46 million 840 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 204 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 47 million 404 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 213 mingdan ortig`i vafot etgan. Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 9,108 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (8,267 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (5,545 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (1,673 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda Fransiya (1,433 milliondan ortiq). | |
04.11.2020 11:28
Dunyoda koronavirus bilan bog`liq vaziyat ma`lum qilindi
