1

Zarafshondagi noodatiy o`g`irlik “Payme” xizmati mutaxassisi orqali fosh bo`ldi

Jinoyat 04.11.2020, 12:12
Zarafshondagi noodatiy o`g`irlik “Payme” xizmati mutaxassisi orqali fosh bo`ldi

Jinoyat ishlari bo`yicha Zarafshon shahar sudi tomonidan 2020 yilning 21 oktyabr kuni o`g`irlik bilan bog`liq jinoyat ishi ko`rildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha Zarafshon shahar sudi sudyasi Dilnoza XONBO`TAEVA xabar qildi...

2020 yil 29 iyunda Zarafshon shahri, 2-kichik tumanidagi bir uy oldida jabrlanuvchi – yo`lovchi ayol Milliy bankningplastik kartasi “click” tizimi orqali ulangan qo`l telefonini ehtiyotsizlik natijasida tushirib qoldiradi. 27 yoshli sudlanuvchi ayol L.L. (ism-familiyasi o`zgartirilgan) uni topib oladi. Telefon xotirasida yo`lovchi ayolga tegishli plastik kartasi tasviri borligidan foydalanib, o`zining qo`l telefonidagi “Payme” dasturiga hisobida puli bo`lmagan, ushbu plastik kartani kiritgan. 2020 yilning 10 iyulda jabrlanuvchining plastik kartasiga oylik ish haqi tushganini bilib, 11 iyuldasoat 13:53 da Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan, “Masro” savdo markazidan o`ziga kerakli bo`lgan 1.322.332 so`mlik narsalarni xarid qilib, kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirish orqali o`g`irlik yo`li bilan talon-toroj qilgan.

                          “PLASTIK KARTANI QO`L TELEFONIMDAGI “PAYME”GA ULAB OLDIM”

Sud majlisida so`roq qilingan sudlanuvchi L.L. aybiga to`liq iqrorlik bildirdi...

— 29 iyun kuni uyda o`z ishlarim bilan mashg`ul bo`lib, tushda chiqindixonaga chiqqan vaqtimda bir yoshroq yigit o`zining tezyurar velosipedida kelib, maxsus salfetkaga o`ralgan holatdagi allaqanday narsani qora paketi bilan chiqindixona yoniga tashlab ketdi. O`z chiqindilarimni axlatxona qutisiga tashlab, yosh bola tashlab ketgan qora paketga e`tibor berdim. Ushbu paketdagi salfetka orasidan qo`l telefonining bir qismi ko`rinib turgandi. Paketniochib, qo`l telefoni turganini ko`rdim. Telefon yoniq holatda, “polyot” rejimida ya`ni aloqasi o`chirilgan holatda edi. Telefonni ochib ko`rganimda, hech qanday himoya vositasi yo`qligini ko`rdim. Telefonni o`zim bilan uyga olib ketdim. Ko`p vaqt o`tmay, telefonga telefonning egasi– bir notanish erkak kishi telefon qildi. Unga telefonni topib olganim, Zarafshon shahri, 2-kichik tumanidagi uy oldiga kelib olib ketishi mumkinligini aytdim. So`ng telefonni ochib, unda mavjud ma`lumotlar bilan tanisha boshladim. “Galereya”sida jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan Milliy bankning plastik kartasi tasviri borligini ko`rdim. Tasvirda plastik kartaning amal qilish muddati va 16 raqamdan iborat plastik karta raqamlari borligini ko`rib, plastik kartada qancha pul borligiga qiziqdim. Plastik kartani o`zimning qo`l telefonimdagi “Payme” dasturiga kiritishga urindim. “Payme”ga ushbu plastik karta raqamlari va amal qilish muddatini kiritganimdan so`ng, telefonga maxsus kod yuborilgani to`g`risida xabarnoma keldi. Maxsus kodni “PayMe”ga kiritganimdan so`ng, qo`l telefonimdagi “Payme” dasturida ushbu topib olingan telefon egasining plastik kartasi ham paydo bo`ldi. Biroq, o`sha vaqtda ushbu plastik kartada umuman pul yo`q edi. Ko`p o`tmay, telefon egalari keldi. Ularga qo`l telefonni chiqindixonadan topib olganimni aytib, qaytarib berdim. Minnatdorlik tariqasida 30.000 so`m bermoqchi bo`lishdi, olishdan bosh tortdim. 

Shu kuni kechki payt turmush o`rtog`im ishdan qaytgach, unga bo`lib o`tgan holatni aytib berdim. Biroq, jabrlanuvchining plastik kartasini o`zimning “Payme” dasturimga kiritibqo`yganimni aytmadim. 

2020 yil 5 iyulda turmush o`rtog`im navbatdagi mehnat ta`tiliga chiqqani bois, oilaviy Toshkent shahriga – ota-onamning oldiga jo`nab ketdik. 10 iyulda Chirchiq shahrida bo`lganimdatelefonimdagi “Payme”ga kirgan vaqtimda jabrlanuvchining plastik kartasiga 1.500.000 so`mdan ko`proq pul tushganini ko`rdim. O`sha vaqtda ota-onamning uyida vaqtinchalik yashab yurganim hamda ota-onamni xursand qilish maqsadida “jabrlanuvchitopolmaydi”, deb o`ylab, uning plastik kartasidagi pullarini yashirin ravishda ishlatishga, ya`ni oziq-ovqat xarid qilishga qaror qildim. Ertasi kuni “Masro”ga borib, uyga kerakli oziq-ovqat harid qildim. Kassada harid qilgan narsalarimni xisob-kitob qilingandaumumiy bahosi 1.322.000 so`mni tashkil etdi. Kassadagi xodimga “Payme”ga kirib, “QR-to`lov” tugmasini bosdim va berilgan shtrix kodga tutdim. Savdo markazi nomi hamda to`lov miqdori chiqdi. Shu yo`l bilan ushbu pullarni to`ladim. 

2-3 kun o`tib, Chirchiqdan Toshkentga kelayotgan vaqtimda Chirchiq hududida o`zimga tegishli qo`l telefonimni o`z ehtiyotsizligim natijasida tushirib, yo`qotib qo`ydim. 30 iyulda Zarafshonga qaytib keldim. 2 hafta o`tib, 14 avgustda turmush o`rtog`im ishdan uyga tushlik vaqtida kelib, unga o`zini Zarafshon shahar IIB xodimi deb tanishtirgan kishi qo`ng`iroq qildi. Ularni birga Zarafshon shahar IIBga chaqirganini aytdi. Shu kuni turmush o`rtog`im bilan Zarafshon shahar IIBga bordik. U erda IIB xodimlariga bo`lgan voqeani aytib berdim. Qilmishimdan pushaymonman, oqibatini tushunib etdim. Etkazilgan zararni to`liq qopladim. Qonuniy engillik berishingizni so`rayman. 

Sudlanuvchining aybi o`zining suddagi iqrorlik ko`rsatmasidan tashqari sud majlisida so`roq qilingan jabrlanuvchining ko`rsatmalari hamda dalillar yig`indisi bilan to`liq tasdiqlandi.

                  “O`G`RI KIMLIGINI “PAYME” XIZMATI MUTAXASSISI ORQALI BILIB OLDIM”

Sudda so`roq qilingan jabrlanuvchi o`g`rini qanday topganini so`zlab berdi...

— Shifokorman, oylik ish haqimning 35 foizi naqd pul ko`rinishida, qolgan 65 foizi plastik kartaga ya`ni, “Humo” hamda “Uzkart” plastik kartalariga teng taqsimlabko`chirish yo`li bilan to`lab beriladi. 2020 yilning 28 iyunida tungi vaqtda ota-onamning Zarafshon shahri, 2-kichik tumanidagi uyidan o`zimning uyimga bolalarim bilan qaytayotgandik. Yo`lda o`g`lim shu erda futbol o`ynab turgan bolalarning futbol to`pini olib qo`yib, qaytarib bermadi. O`g`limdan to`pni egalariga qaytarib berish uchun egilib, to`pni olib bolalarga qaytarib berdim. O`sha vaqtda sumkamning yon cho`ntagidanqo`l telefonim tushib qolgan. Uyga borgach, qo`l telefonimni topa olmadim. Bosib o`tgan yo`limga qaytib kelib, telefonimni izladim, biroq, topa olmadim. Uydan chiqishdan avval telefonimga qo`ng`iroq qilganimda, unga chaqiruv ketdi. Telefonini yo`qotgan kunim soat 23:00 dan so`ng telefonim o`chirilgandi. Biroq, 29 iyun tushda turmush o`rtog`im “telefon raqaming yondi. Bir necha marotaba telefon qilganimdan so`ng, telefonni bir qiz ko`tardi. Telefonni topib olgani, uni qaytarib berishini, buning uchun Zarafshon shahar, 2-kichik tumanidagi uy oldiga borishim kerakligini bildirdi”, dedi. Birgalikda aytilgan manzilga bordik va telefoni qaytarib oldik. Minnatdorlik tariqasida 30.000 so`m bermoqchi bo`lganimizdaolmadi. 

Telefonni yo`qotib qo`ygan vaqtimda ikkala plastik kartamda ham pul bo`lmagan. 10 iyulda “Humo” plastik kartamga 1.300.000 so`m, “Uzkart”ga 1.500.000 so`m oylik ish haqim tushgan. Ertasiga kreditlarimni to`lashmaqsadida ko`rganimda “Uzkart”da atigi 200.000 so`m qolganini bildim. So`ng, plastik kartani tekshirib, unda 1.322.332so`m kamayganini bildim. Bank kredit tariqasida echib olgan bo`lishi mumkin deb o`ylab, bankka borib, pullarni bank echib olmaganini, aksincha, o`zga bir kishi echib olganini bildim. Bank orqali plastik kartamdan pullarni echib olgan shaxsni aniqlamoqchi bo`ldim va pullarimni 1993 yilda tug`ilgan, ayol kishi yashirin ravishda o`g`irlab olganini “PayMe” xizmati mutaxassisi orqali bilib oldim. So`ng Zarafshon shahar IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qildim. Tergov vaqtida plastik kartamdagi pullarni qo`l telefonimni topib olgan ayol o`zining “PayMe” dasturiga ulash orqali yashirin ravishda o`g`irlaganini bildim. Etkazilgan 1.322.332 so`m zarar to`liq qaytarilgan. Sudlanuvchiga nisbatan da`voim yo`q. 

Sudlanuvchi JK 169-moddasi 3-qismi “b” bandibilan aybli deb topildin va unga JK 70-moddasiga asosan jazo tayinlanmadi. Jabrlanuvchiga etkazilgan 1.322.332 so`m zarar to`liq qoplangani inobatga olindi.

C.ALLABERGANOVA, jurnalist

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1