Andijon viloyati Xo`jaobod tumanidagi Rayish ko`chasida istiqomat qiluvchi aholi ikki boshli ilonni, ushlashgan. To`g`ri, u ertaklardagi ajdarmisol devqomat va qo`rqinchli emas edi, deya yozmoqda EFFECT.UZ
U oddiy suv ilon edi, — deydi fuqaro Ulug`bek Muhammadjonov. — Uzunligi yigirma santimetrlar atrofida. Ko`chada o`ynab yurgan bolalar ushlab olishibdi. Qarasam, hali videoga olishyapti, hali boshini silashyapti. Bu ahvolda uni nobud qilib qo`yishlaridan qo`rqib uyimiz yonidan oqib o`tuvchi Shaxrixonsoyga qo`yib yubordim.Bu voqea kecha 1-noyabr kuni sodir bo`lgan. Afsuski, uni ko`rishga ulgurmadik. Biroq bizga guvohlik beruvchi fotolarni va videoni taqdim etishdi.