AsosiyIqtisodiyot

Endi quruvchini aniqlashda reytinglar "gapiradi"

'Endi quruvchini aniqlashda reytinglar "gapiradi"'ning rasmi

Kuni kecha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror asosida “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi to`g`risida”gi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Qurilish vazirligi Matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.

Birgina qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini oladigan bo`lsak, endilikda, ularning salohiyati 6 ta guruhdan iborat me`zonlar bilan o`lchanadi va ichiga 71 ta ko`rsatkichni qamrab oladi. Salohiyatni aniqlashda tashkilotning malakali mutaxassislari, moliyaviy ko`rsatkichlari, bajargan ishlarining sifati, ish  tajribasi, texnik bazasi, raqobatdoshligi kabi mezonlar inobatga olinadi.

QUYIDAGILAR REYTINGLARNING ASOSIY VAZIFALARI ETIB BELGILANGAN:

loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari to`g`risidagi yagona elektron ma`lumotlar bazasini shakllantirgan holda ular reytingini yuritish;

loyiha va kurilish ishlarida markazlashtirilgan mablag`lardan samarali foydalanish bo`yicha takomillashgan tizimni joriy etish;

loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga to`liq rioya etilishiga erishish;

loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari o`rtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali pudrat hamda loyiha ishlari bozorini rivojlantirish;

loyihalash va qurilish sohasida mahoratli ishchi va xizmatchilarni (kadrlarni) tayyorlash, ular malakasini muntazam ravishda oshirib borish orqali loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari salohiyati oshirilishiga erishish;

loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari soha bo`yicha dunyodagi nufuzli tashkilotlar reytingida yuqori pog`onalardan joy olishini ta`minlash.

MUHIM ESLATMA:

 Mazkur reytinglar O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga Davlat soliq qo`mitasi, Davlat statistika qo`mitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, to`langan soliqlar va ish haqi fondi to`g`risidagi ma`lumotlar; shuningdek, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilishi tugallangan ob`ektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish to`g`risidagi bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi to`g`risidagi ma`lumotlar asosida shakllanadi.

Ahamiyatlisi, ushbu dastyriy taʼminotlar "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirildi va bu maʼlumotlar barcha uchun ochiq. Qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingi bilan reyting.mc.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar