2020 yilning 9 oylik yakunlariga ko`ra, O`zbekistonning yalpi ichki mahsuloti o`tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,4 foizga (2019 yilning 9 oyligida 5,9 foizga) o`sdi.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, joriy davrda YaIM o`sishida qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligining hissasi eng yuqori bo`ldi. Mazkur tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 3,4 foizga oshgan holda, YaIMning 0,8 foiz punktga o`sishini ta`minladi.
Qurilish tarmog`ida 8,6 foizga yuqori o`sish sur`atlari kuzatilgan bo`lsa-da, YaIM o`sishidagi hissasi 0,5 foiz punktni tashkil etdi.
Sanoat tarmog`ida ishlab chiqarish hajmlarining 2,7 foizga kamayishi ta`sirida YaIM hajmining 0,7 foiz punktga kamayishi kuzatildi.
Xizmatlar sohasida kuzatilgan 0,7 foizga kamayish YaIM o`sishiga -0,2 foiz punkt salbiy ta`sir ko`rsatdi.
Mahsulotlarga sof soliqlarning 0,6 foizga kamayishi, YaIM o`sishiga sezilarli salbiy ta`sir ko`rsatmadi va -0,04 foiz punktni tashkil etdi.






