AsosiyIqtisodiyot

Andijonlik tadbirkor tomda issiqxona tashkil etdi

'Andijonlik tadbirkor tomda issiqxona tashkil etdi'ning rasmi

Bino tomida tashkil etilgan issiqxonani ko`rganmisiz? Andijonning Sangraobod mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Sarvarbek Ma`murov ana shunday  noodatiy ishga qo`l urdi. U bino tomida gidroponika, ya`ni tomchilatib sug`orish usulida issiqxona tashkil etdi. Bu haqda Paxtaobod tumani hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirkor 5,2 sotix joyda tashkil etgan issiqxonasining tom qismini yopish uchun 30 mln. so`m miqdorida kredit va elektr ta`minoti bo`yicha yordam so`rab murojaat qildi. Tadbirkorning murojaati yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Ayni paytda issiqxonada qish mavsumida xaridorgir bo`lgan sabzavotlar ekilmoqda.

    Boshqa yangiliklar