AsosiyJinoyat

Namanganda «Nexia» haydovchisi YPX inspektorini 100 metr masofaga sudrab ketdi

'Namanganda «Nexia» haydovchisi YPX inspektorini 100 metr masofaga sudrab ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 11:20larda, Namangan viloyati, Namangan shahar, A.Navoiy ko`chasi, Tunikasoz chorrahasida haydovchi, 1989 yilda tug`ilgan F.L. o`z boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilda Namangan shahar YPXO 2-safarbarlik guruhi inspektori J.Kamalovning to`xtash ishorasiga amal qilmasdan harakatlangan.Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Harakati davomida svetoforning qizil chirog`ida boshqa transport vositalari ortidan to`xtagan. Ushbu vaqtda qoidabuzarlikka chek qo`yish maqsadida etib kelgan YPX katta inspektori A.Rahmonov haydovchiga transport vositasini chetga olishini so`ragan. Haydovchi bo`ysunmaslikni davom ettirib harakatni boshlagan va oldinda turgan A.Rahmonov avtomobilning old (kapot) qismiga osilib qolgan. 100-120 metr masofadan so`ng YPX xodimi erga tushib qolib, haydovchi harakatlanishda davom etgan.

YPX xodimi tomonidan Namangan shahar IIO FMB boshlig`i nomiga holat yuzasidan yozilgan bildirgi asosida haydovchining shaxsi va yashash manzili aniqlangan. Hozirda transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilib, holat bo`yicha Namangan shaxar prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan tartibga soluvchining ishoralariga, yo`l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.

 
  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar