AsosiyIqtisodiyot

Byudjet mablag`lari eng ko`p qaysi viloyatda asossiz sarflangani ma`lum bo`ldi

'Byudjet mablag`lari eng ko`p qaysi viloyatda asossiz sarflangani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan muhokama qilinayotgan 2020 yil 9 oylik yakunlari bo`yicha Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarining ijrosi to`g`risidagi hisobotda ham byudjet intizomining buzilishi holatlari qayd etilgan.

Kun.uz xabariga ko`ra, bu borada Qashqadaryo va Andijon viloyatlari «etakchilik qilmoqda». Quyidagi ro`yxatda qaysi viloyatda qancha byudjet mablag`lari asossiz ishlatilgani keltirilgan.

  • Qashqadaryoda – 14,1 milliard so`m;
  • Andijonda – 12,8 milliard so`m;
  • Farg`onada – 11,1 milliard so`m;
  • Surxondaryoda – 10,6 milliard so`m;
  • Namanganda – 9,9 milliard so`m;
  • Jizzaxda – 9,8 milliard so`m;
  • Samarqandda – 9,2 milliard so`m;
  • Toshkent viloyatida – 6,5 milliard so`m;
  • Xorazmda – 4,2 milliard so`m;
  • Toshkent shahrida – 9,8 milliard so`m;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasida – 6,1 milliard so`m.

Jumladan, Andijon viloyati Jalaquduq tuman Xalq ta`limi bo`limiga qarashli umumta`lim maktablarida malaka toifasiga ega bo`lmagan, malaka toifasi sertifikati muddati tugagan yoki sun`iy ravishda o`zgartirilgan o`qituvchilarga ortiqcha 422,8 million so`m sarflangan.

Buxoro viloyatida sog`likni saqlash tizimidagi 12 ta tibbiyot muassasalarida tez tibbiy yordam xodimlariga byudjetdan va homiylar hisobidan berilgan bir martalik moddiy yordam pullarining hisoblab to`lanishida xodimlarning ishlayotgan o`rin birliklariga nisbatan moddiy yordam pullarining noto`g`ri hisoblab to`lanishi oqibatida jami 1 milliard 108,4 million so`m byudjet mablag`i asossiz sarflangan.

Jizzax viloyati G`allaorol tuman halq ta`lim bo`limida 2020 yil yanvar-aprel oylarida lavozim maoshlariga 472,3 million so`m mukofot va moddiy yordam pullari asossiz qo`shib to`langan.

 

    Boshqa yangiliklar