AsosiyIqtisodiyot

“UzAuto Motors” tomonidan 2020 yilda 582,6 mlrd so`m yig`im to`lanmagan. Hisob palatasi imtiyozni qayta ko`rib chiqishni so`ramoqda

'“UzAuto Motors” tomonidan 2020 yilda 582,6 mlrd so`m yig`im to`lanmagan. Hisob palatasi imtiyozni qayta ko`rib chiqishni so`ramoqda'ning rasmi

Hisob palatasi tomonidan 2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma bo`yicha Xulosasi tayyorlandi. Bu haqda Palata rasmiy saytida xabar qilindi. 

Hisob palatasi xulosasida qayd etilishicha, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig`im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to`lanishi qayd etilgan.

Biroq, Hisob palatasining ma`lum qilishicha, “O`zavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020 yil davomida yig`im to`lanmasdan kelinmoqda. Masalan, “UzAuto Motors” AJ tomonidan 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 582,6 mlrd so`m yig`im to`lanmagan.

Shu sababli Hisob palatasi “O`zavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilarni yig`im to`lashdan ozod etishni belgilovchi imtiyozni qayta ko`rib chiqish maqsadga muvofiqligini ta`kidlamoqda, deb yozdi deputat Doniyor G`aniev.

    Boshqa yangiliklar