Ma`lumki, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi chog`ida bu ishlarni har tomonlama chuqur o`ylab loyihalashtirish zarurligini ta`kidlagan edi. Shu asosida loyiha qayta ko`rib chiqilib, takomillashtirildi. Unga ko`ra, katta masjid, to`rtta minora va keng ayvonlar qurish, xiyobon, uning atrofida mehmonxonalar hamda boshqa infratuzilma ob`ektlari barpo etish ko`zda tutilgan. Prezidentimiz taqdimot bilan tanishar ekan, ziyoratchi va boshqa sayyohlar uchun qulayliklarni kengaytirish bo`yicha topshiriqlar berildi. Shavkat Mirziyoev bugungi taqdimot chog`ida majmuani jahon andozalari darajasida sifatli qurish, ziyoratchilarga qulayliklarni oshirish bo`yicha qator ko`rsatmalar berdi. Tadbirda O`zbekiston davlat san`at muzeyining yangi binosi loyihasi ham muhokama qilindi. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi buyurtmasi bilan dunyoga mashhur yapon me`mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq, muzeyning mavjud binosi yonida aylana shaklida 3 qavatli yangi inshoot qad ko`tarishi ko`zda tutilgan. Bu qurilishning ahamiyati shundaki, muzeyning hozirgi sharoiti bilan mavjud eksponatlarning bor-yo`g`i 3 foizini namoyishga qo`yish mumkin. Yangi imorat qurilgach, ushbu san`at dargohining ko`rgazma maydoni kengayadi. Muzey binosini rekonstruksiya qilish loyihasi ob`ektning tarixiy qiymati va yaxlitligini saqlab qolgan holda me`morchilikdagi zamonaviy tendensiyalarni hamda bugungi kunning ijtimoiy arxitekturasini aks ettiradi, poytaxtimiz ko`rkiga ko`rk qo`shadi. Davlatimiz rahbari 16 oktyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi binosini borib ko`rganida bu erda soha klasteri tashkil etish, hududni quruvchilar massiviga aylantirish lozimligi yuzasidan topshiriqlar berilgan edi. Shu maqsadda institut atrofidagi maydonlar ham qo`shilib, yangi loyiha ishlab chiqildi. Unga ko`ra, oliy ta`lim muassasasi yonida qurilish kolleji, qurilish materiallari bo`yicha ilmiy-tadqiqot markazi, laboratoriya, yotoqxonalar, sport majmuasi va boshqa ob`ektlar barpo etilishi mo`ljallangan. Keyingi yillarda mamlakatimizda bunyodkorlik ko`lami kengaydi. Ayniqsa, ko`p qavatli uylar qurilib, aholining eng muhim talabi qondirilmoqda. Surxondaryo viloyatida ham shu kabi ishlar rejalashtirilgan. Xususan, Termiz shahrining Beruniy ko`chasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, masjid, mehmonxona, turar joylar, mahalla guzari va ko`plab tadbirkorlik sub`ektlari joylashgan. Mazkur markaziy ko`chaning yangi loyihasiga ko`ra, rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshiriladi. Denov tumanining Nurli manzil va Lochin mahallalarida energiya tejamkor ko`p qavatli uylar, ijtimoiy muassasalar barpo etilishi ko`zda tutilgan. Taqdimotda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari haqida ham ma`lumot berildi. Ma`lumki, davlatimiz rahbari shu yil 12 iyun kuni poytaxtimizning Olmazor tumanida bo`lib, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha vazifalarni belgilab bergan edi. Xususan, Toshkent tumanining bir qismini Olmazor tumaniga o`tkazib, yangi turar joylar va korxonalar barpo etish taklif qilingandi. Bugun taqdim etilgan loyihaga binoan, 200 gektardan ziyod ushbu hududda 150 ming aholiga mo`ljallangan ko`p qavatli uylar, maktab, bolalar bog`chasi, istirohat bog`i, tijorat zonasi qurilishi ko`zda tutilgan. Yana bir loyiha poytaxtimizdagi “Navro`z” qabullar uyidan samarali foydalanishga oid. Ushbu majmuani kapital ta`mirlab, Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog`lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markazi tashkil etish rejalashtirilgan. Bu erda tadbirkorlarga ma`lumotlar ochiq va shaffof tarzda taqdim etiladi. Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Temurbeklar maktabi qurilishiga doir taqdimot bilan ham tanishdi va zarur ko`rsatmalar berdi. |
21.10.2022, 13:45
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...13.10.2022, 11:20
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...29.08.2022, 11:46
Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...17.08.2022, 16:42
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...