Bugun O`zbekiston hududlari ustidagi antisiklonning sovuq periferiyasi kuchsizlandi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.
Xabarga ko`ra, 24-25 noyabrda respublika hududlariga Qozog`iston hududlaridan yana havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, lekin bu massalar avvalgisiga o`xshab uncha sovuq bo`lmaydi. Ushbu havo massalari natijasida 24 noyabrda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida, 25 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba`zi joylarida biroz qor yog`ishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, ob-havo bulutli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 24 noyabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 25 noyabrda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo`ladi.
26 noyabrda antisiklon periferiyasi ortga chekinadi, O`zbekiston hududlariga deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Respublikada yog`ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kechasi sovuq biroz kuchsiz bo`ladi va 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduzi havo harorati 7-10 daraja iliqqacha ko`tariladi, bu haroratning me`yoriy qiymatlariga yaqindir.
27 noryabrda respublikaning shimoliga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalarini kirib kelishi bilan ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin, qolgan hududlarda yog`ingarchiliksiz iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechalari manfiy qiymatlargacha biroz ko`tariladi, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida, janubda 11-13 daraja iliqqacha bo`ladi.
28 noyabrda bu sovuq havo respublikaning barcha hududlariga tarqaladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. 27-28 noyabrda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi, bu me`yordan 5-7 darajaga kamdir. Respublikaning ba`zi joylariga tuman tushishi mumkin.Bugun O`zbekiston hududlari ustidagi antisiklonning sovuq periferiyasi kuchsizlanadi, respublikaning barcha hududlarida ob-havo ochiq bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha biroz ko`tariladi.24-25 noyabrda respublika hududlariga Qozog`iston hududlaridan yana havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, lekin bu massalar avvalgisiga o`xshab uncha sovuq bo`lmaydi. Ushbu havo massalari natijasida 24 noyabrda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida, 25 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba`zi joylarida biroz qor yog`ishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, ob-havo bulutli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 24 noyabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 25 noyabrda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo`ladi.
26 noyabrda antisiklon periferiyasi ortga chekinadi, O`zbekiston hududlariga deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Respublikada yog`ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kechasi sovuq biroz kuchsiz bo`ladi va 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduzi havo harorati 7-10 daraja iliqqacha ko`tariladi, bu haroratning me`yoriy qiymatlariga yaqindir.
27 noryabrda respublikaning shimoliga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalarini kirib kelishi bilan ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin, qolgan hududlarda yog`ingarchiliksiz iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechalari manfiy qiymatlargacha biroz ko`tariladi, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida, janubda 11-13 daraja iliqqacha bo`ladi.
28 noyabrda bu sovuq havo respublikaning barcha hududlariga tarqaladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. 27-28 noyabrda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi, bu me`yordan 5-7 darajaga kamdir. Respublikaning ba`zi joylariga tuman tushishi mumkin.