O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar qilishicha, ertaga Qoraqalpog`istonning, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba`zi joylarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi mumkin. Mamlakatimizning qolgan hududlarida havo harorat kechalari 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq, janubda 11-13 daraja iliq bo`lgan quruq va deyarli iliq ob-havo saqlanib turadi.
28 noyabrda respublika hududlarining ko`p qismida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Respublikaning tog`li hududlarida qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qoraqalpog`istonning, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik to`xtaydi. Respublikaning ba`zi joylariga tuman tushishi mumkin. Kun davomida havo harorati 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq atrofida bo`ladi.
27-28 noyabrda respublikada shamol 17-22 m/s gacha, ba`zi joylarda esa 25-27 m/s gacha kuchayadi.
Yakshanba kuni O`zbekistonning barcha hududlari sovuq antisiklon ta`siri ostida bo`ladi. Yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi havo 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo`ladi. O`rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me`yordan 10-12° ga kam bo`lishi kutilmoqda.
Ehtiyot bo`ling, chunki yo`llarda yaxmalak paydo bo`lishi mumkin.