AsosiyJamiyat
1645

Namanganda 55 mingga yaqin xonadonda tabiiy gaz ta`minotida uzilishlar sodir bo`layotgani ma`lum qilindi

'Namanganda 55 mingga yaqin xonadonda tabiiy gaz ta`minotida uzilishlar sodir bo`layotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Namangan viloyatida bugungi kunda aholi xonadonlarining 30 foizi tabiiy gaz, 70 foizi suyultirilgan gaz ta`minoti bilan foydalanmoqda. Bu haqda “Hududgaz Namangan” gaz ta`minoti filiali direktori Shavkatjon Otaxanov ma`lum qildi.  

Viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, noyabr oyining ikkinchi yarmida ob-havoning keskin sovib ketishi sababli tabiiy gaz iste`molining ortishi hamda magistral gaz tarmoqda gaz kelishi bosimining pasayishi oqibatida viloyatning 205 ta mahallasidagi 55 mingga yaqin xonadonda tabiiy gaz ta`minotida uzilishlar sodir bo`lmoqda.

Viloyatdagi tabiiy gazga ulangan jami xonadonlar soni esa 176 mingni tashkil etadi.  

—Magistral quvurlarda gaz bosimi 6-7 atmosfera bo`lsa ta`minotda muammo yuzaga kelmaydi. Hozirgi kunda, afsuski, bu ko`rsatkich 1,0—2,5 atmosferani tashkil etmoqda, — deydi Sh.Otaxanov.

Otaxanovga ko`ra, ayni paytda Turkmanistondan gaz import qilish boshlangan va buning hisobiga Namanganda ham holat ijobiy tomonga o`zgarishi hamda gaz bosimi ko`tarilishi kutilmoqda.

Ta`kidlanishicha, viloyatda 99 ta avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari bo`lib, ularga kuniga 861 ming kub metr gaz etkazib berilishi rejalashtirilgan. Biroq, gaz bosimining pastligi va shoxobchalar 12 soatlik rejimga o`tkazilgani sababli bu ko`rsatkich hozirda 318 ming kub metrni tashkil etmoqda.

Ma`lumot uchun, hukumat qarori bilan Namangan viloyatiga o`tgan yilga nisbatan 15 ming tonna ko`p suyultirilgan gaz ajratilgan. Bundan 7 ming tonnasi noyabr-dekabr oylariga, 8 ming tonnasi esa kelgusi yilning yanvar, fevral va mart oylariga mo`ljallangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar