1

2015 yilning eng mashhur parollari aniqlandi

Hi-tech 20.01.2016, 10:02
2015 yilning eng mashhur parollari aniqlandi

2015 yilning eng mashhur kalit so`zlari SplashData kompaniyasi tomonidan aniqlandi. Tadqiqot davomida ekspertlar tomonidan ma`lumoti o`g`irlangan 2 million foydalanuvchining kalit so`zlari kombinasiyalarini o`rganildi.

Internetda 2015 yilda avvalgiday «123456» va «password» («parol») so`zlari mashhurligicha qolmoqda, eng ko`p ishlatiladigan kalit so`zlar ro`yhatiga shuningdek, 1234, 12345 kirgan. Ingliz tilida so`zlashuvchilar orasida «welcome» («xush kelibsiz») paroli ham mashhur.

Reyting etakchilari qatoridan – «princess» («malika»), «football» (futbol), «baseball» (beysbol), «login», «qwertyuiop» (klaviatura harflarining yuqori qavati), «abc123» kabilar joy oldi.

2015 yilda yana bir qiziqarli kalit so`z ham paydo bo`lgan bu – «1qaz2wsx»: bu variasiya «1» va «2» tugmachasidan pastga uch qator sanaganda kelib chiqadi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1