AsosiySalomatlik

QALAMPIR VIRUSNI YO`QOTADIMI?

'QALAMPIR VIRUSNI YO`QOTADIMI?'ning rasmi

QALAMPIR VIRUSNI YO`QOTADIMI?

Keyingi vaqtlarda virusni kuchsizlantiruvchi, immunitetni kuchaytirib, kasallikni bartaraf etuvchi mevalar, sabzavotlar, ko`katlar xususida turli tavsiyalar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Mazkur mahsulotlar safiga qalampirni ham kiritib, uning foydali jihatlarini bilib olamiz. Sovuq tushishi bilan negadir ba`zida achchiq qalampirga ta`bimiz tortadi.

 Qadimda Abu Ali ibn Sino uzunchoq qalampirni “dar fulful” deb atagan. Uni eng sodda va foydali dorilar qatoriga qo`shib, “uchinchi darajali issiqlik va ikkinchi darajali quruq narsa” deydi. Qalampir “...Erituvchi va sovuqdan bo`lgan kasallarni ketkazuvchidir...”  deb ta`kidlagan. Demak, mazkur ziravor, albatta, dori narsa, biroq u kasal kishiga emas, sog`lom odamlarga koni foyda. Ammo shamollagan kishini zo`r terlatadi. 

Qalampirni tarixiga nazar solsak, vatani Hindistondir. Bir vaqtlar Evropadan Hindistonga borgan sayohatchilar turli dorivorlar qatorida qalampirdan ham olib keladilar. Hindilar qalampirni barcha ovqatlariga qo`shishar va ayrim kasalliklarni davolashda ishlatar ekanlar. Ular bu o`simlikni “qalampirning ichida olov xudosi bor” deb bilishgan. Evropaliklar avvaliga elaki qilingan qalampirning qip-qizil poroshogini ovqatga solishga qo`rqishgan. Yillar o`tib, keyingi borgan sayohatchilar uning urug`idan olib keladilar va dastlab Italiyada ekishadi. Eyish uchun emas, tuvaklarda ko`kartirib deraza tokchalariga qo`yish uchun. 

Bugungi kunda tibbiyot uning tarkibi va xususiyatlarini chuqurroq o`rgandi. “Ichida olovi bor” o`simlik insonni qizdirib, kuchli terlatish xususiyatiga egaligi bois, sovuq kunlarda ko`p iste`mol qilamiz. Shuningdek, yo`qotib bo`lmaydigan irimimiz bor. Bu ham qalampir bilan bog`liq. Bir shodasini darvozaxona yoki uyning ostonasiga  “ko`z tegmaslik uchun”osib qo`yilishi, uning manzarali, go`zalligida emasmi?

Qalampir haqida  Dori-darmon AK axborot xizmati tayyorlagan ma`lumotga ko`ra, Garvard universiteti olimlari o`tkazgan tadqiqot natijalariga tayanib,  qizil qalampirni muntazam iste`mol qiluvchi kishilar yurak-qon tomir, nafas olish tizimi va xatarli o`simtalar muammolariga kamroq ro`baru bo`lishar ekan. Shuningdek, uzoqroq umr ko`rishi aniqlandi.Olimlar etti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha bo`lgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishgan.O`tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko`ra, achchiq ta`mli ovqatni xush ko`ruvchilar boshqalarga qaraganda 12-14 foizga ko`proq umr ko`rishadi. Achchiq qalampirni iste`mol qilishlarini aytgan kishilar qator kasalliklardan kamroq vafot etishgan.

Mavzuga doir ma`lumotni eslatib o`tamiz, qalampir kishi umrini uzaytirishi haqida avvalroq tavsiya berib o`tgan edik.

 

 

 

Boshqa yangiliklar