Qozog‘iston birinchi ligasida to‘p surgan "Xan-Tengri" klubi futbolchisi Dias Tuleu 16 oktyabr kuni "Ekibastuz"ga qarshi o‘yin vaqtida vafot etdi.
U ikkinchi bo‘limda o‘zida og‘riq sezgani sabab maydondan zambilda olib chiqilgan. Shifokorlar uni hayotga qaytarishga urinishgan, biroq natija bo‘lmagan.
Qozog‘iston futbol federatsiyasi marhumning oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirdi hamda bu butun mamlakat futboli uchun katta yo‘qotish ekanini ta’kidladi.
Dias Tuleu 2006 yil 4 mayda tug‘ilgan bo‘lib, ildizlari katta umid bog‘langan yosh iste’dodlardan biri hisoblangan.