AQSh “Islom davlati” tahdididan so`ng viza rejimini qat`iylashtiradi

Dunyo 22.01.2016, 13:08
AQSh “Islom davlati” tahdididan so`ng viza rejimini qat`iylashtiradi

AQShda Iroq,Eron,Suriya va Sudanda bo`lgan fuqarolarga mamlakat hududiga vizasiz rejimda kirish bekor qilindi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.

Davlat departamenti vakili Mark Tonerning so`zlariga ko`ra, bu “Islom davlati” terrorchilik guruhi tomonidan tahdid etilgani bilan bog`liq.           

 “Bu IDning biz bilan bog`langan jangarilarning tahdidlari bilan bog`liq”, —dedi Toner jurnalistlarning “qora ro`yxat”da nima sababdan Afg`oniston va Pokiston yo`qligi haqidagi savollariga javob berar ekan.

AQShda 38 ta davlat bilan vizasiz rejim dasturi mavjud. Endilikda mazkur dasturdagi davlatlar fuqarolarida Iroq, Eron, Sudan va Suriya kabi davlatlarning ham fuqaroligi mavjud bo`lgan taqdirda AQSh hududiga  kirish uchun viza olishi kerak bo`ladi.

Yangi qoidalarda jurnalistlar, nodavlat va gumanitar tashkilotlar xodimlari va “qonuniy tijorat” bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlar uchun istisno hollar ko`zda tutilgan.

Ro`yxatga IDning alohida bo`linmalari faoliyat yuritadigan Liviya, Yaman kabi mamlakatlar kiritilmagan. Viza rejimi joriy etilgan mamlakatlar qaysi tasniflarga ko`ra ajratilganiga Toner izoh bermagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1