O`tgan haftada "O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ savdolariga 20 556,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo`yildi va ulardan 18 612,8 tonnasi, ya`ni 90,5% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 49 xaridor ishtirok etdi.
Ko`rib chiqilayotgan davrda sotuvchi korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining o`rtacha boshlang`ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 5 700,5 ming so`mdan 5 852,7 ming so`mgacha yoki 2,7 %ga ko`tarishdi. Bu haqda xs.uz xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning o`rtacha kunlik narxi ham mahsulotning bir tonna uchun 5 725,5 ming so`mdan 5 876,0 ming so`mgacha yoki 2,6% ga o`sdi.
Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o`rtacha haftalik kotirovkasi 5 761,8 ming so`mni, AI-91 – 6 652,4 ming so`mni tashkil etdi.
Turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o`rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.






