AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 5 yoshli qizning bobosi tomonidan zo‘rlangani holati o‘rganilmoqda. Jinoyat ishi ochildi

'Sirdaryoda 5 yoshli qizning bobosi tomonidan zo‘rlangani holati o‘rganilmoqda. Jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qaynotam besh yoshli qizimni zo`rladi, erim meni alimentga berdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, video murojaat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganish olib borgan. Ushbu video murojaat yuzasidan  Xovos tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Xovos tumani, “Bo`ston” MFYda yashovchi fuqaro A.O 13.11.2020 yilda Xovos tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o`z murojaatida turmush o`rtog`i V.J. bilan 2007 yilda turmush qurganligini, 25.06.2020 yilda ular o`rtalarida o`zaro kelishmovchiliklar kelib chiqqanligi sababli, turmush o`rtog`i V.J bilan yashamasdan, u bilan ajrashib ketganligini, 3 nafar farzandlaridan 2 nafar voyaga etmagan qizlari turmush o`rtog`ining tarbiyasida qolganligini, 2020 yil oktyabr oyi o`rtalarida voyaga etmagan 04.09.2015 yilda tug`ilgan qizi G`.S ni qayni otasi S.J zo`rlik ishlatib, o`zining jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usulda qondirganligini ma`lum qilgan. Fuqaro A.O ning arizasi yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining 12.12.2020 yildagi № 926-sonli xolisona bergan tibbiy xulosasiga ko`ra, voyaga etmagan G`.S ning badanida, shuningdek, jinsiy a`zolari sohasida biron-bir tan jarohati yoki jarohat izlari mavjud emasligi ko`rsatilgan.

Xovos tumani IIB TG tomonidan xolatga to`liq oydinlik kiritish maqsadida O`zbekiston Respublikasi JKning 129-moddasi 2-qismi asosan jinoyat ishini qo`zg`atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar