1

Sotilgan mahsulot qaytarib olinmaydimi?

Savol-javob 29.01.2016, 12:22
Sotilgan mahsulot qaytarib olinmaydimi?

"Do`kon va savdo markazlarida «Sotilgan narsa-buyumlar qaytarib olinmaydi» degan yozuvga ko`zimiz tushadi. Bu kabi e`lonlar aslida to`g`rimi?"

Lola Izmailova, Qarshi shahri

 O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi  bosh mutaxassisi N.Muhamedov javob beradi:

«Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi Qonunning 18-moddasiga asosan sotib olingan mahsulot sifat talabiga javob bermasa, xarid qilingan kundan e`tiboran 10 kun davomida shu turdagi boshqa mahsulotga almashtirilishi mumkin. Bordi-yu sotib olingan mahsulotni almashtirish imkoni bo`lmasa, xaridorga puli qaytariladi. Do`kon yoki savdo markazlarida «sotilgan narsa-buyumlar qaytarib olinmaydi» degan e`lonning bo`lishi noto`g`ri. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1