Krishtianu Ronaldu - APL tarixidagi eng yaxshi transfer deb topildi. Bu haqda Sky Sports News'ning transfer shousida ma`lum qilindi.
Krishtianu Ronaldu 2003 yilda "Sporting" dan 12 million funtga yaqin mablag` evaziga "Manchester Yunayted" ga transfer qilingan. Ushbu transfer Terri Anrining "Arsenal" ga, Muhammad Salahning "Liverpool"ga va Serxio Agueroning "Manchester City"ga qilingan omadli transferlari ustidan g`alaba qozondi.
Reyting yakunlariga ko`ra portugaliyalik sportchi Terri Anri va Erik Kantona kabi raqiblarini engib, APL tarixidagi eng yaxshi transfer deya e`lon qilindi.