Bu mavsumda mandarin narxlari keskin oshdi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi o`rganish o`tkazib, takliflar bildirdi.
Qo`mita axborot xizmati ma`lum qilishicha, o`tkazilgan o`rganishda mandarin katta sorti (Pokiston) mahsulotini ulgurji narxi 8000-9000 so`mdan realizasiya qilinayotganligi, dehqon bozorlaridagi chakana narxi 12000 so`mdan 14000 so`mgacha sotilayotgani qayd etildi.
Tahlil jarayonida dekabr oyida import qilingan (katta) mandarinning har bir kilogrammiga import narxi 1258.1 so`mni bojxona to`lovlari jami 4874 so`mni tashkil etmoqda.
1 kg mandarin narxi esa 6132 so`mni tashkil etmoqda. Mandarin (katta) mahsuloti asosan Afg`oniston orqali Pokiston davlatidan (81,9 %) import qilinmoqda.
Afg`oniston davlatining Xayraton hududidan Surxondaryo viloyatining Ayritom bojxona hududidagacha bo`lgan masofa uchun 1 ta yuk transportiga 20 000 kg mahsulot yuklanishi va transport xarajatlari o`rtacha 700 dollarni tashkil etishi ma`lum bo`ldi.
Mandarin mahsulotini Xitoy Xalq Respublikasidan import qilishdagi bir furaning transport xarajatlari 2019 yilda 4000-5000 dollarni tashkil etgan bo`lsa, 2020 yilda pandemiya sababli bitta furaning transport xarajati 25000-26000 dollarga chiqib ketganligi natijasida, narxlarning oshishiga sabab bo`layotganligi hamda mazkur bozorga barcha tadbirkorlik sub`ektlarining kirishiga to`siq bo`layotganligini ma`lum bo`ldi.
MQKQ bir qator takliflar bildirgan, xususan, mevalarning importi bilan bog`liq barcha bojxona to`lovlari hamda uni hisoblash tartibini qayta ko`rib chiqish va ularni kamaytirish yuzasidan taklif bermoqda.