AsosiyIqtisodiyot

2020 yil eng ko`p byudjet pulini talon-toroj qilgan vazirlik ma`lum qilindi

'2020 yil eng ko`p byudjet pulini talon-toroj qilgan vazirlik ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet mablag`larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to`g`risidagi ma`lumotlari e`lon qilindi.

Xabarda aytilishicha, Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablag`larning maqsadli foydalanishi yuzasidan 4 729 ta nazorat tadbirlarida 246 mlrd.so`m miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 mlrd.so`mni byudjetga tiklanishi ta`minlandi. 

Ma`lum bo`lishicha, Xalq ta`limi vazirligitizimida o`tkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd.so`m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ro`yxatda peshqadamlik qilmoqda. Vazirlik tizimidagi bu o`zlashtirish 2019 yilga (29,8 mlrd.so`m) nisbatan 3,2 martaga oshgan.     

Shuningdek, Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida o`tkazilgan 723 ta nazorat tadbirlarining 523 tasida 40 mlrd.so`m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (13,8 mlrd.so`m) nisbatan 2,9 martaga oshgan.

Maktabgacha ta`lim vazirligi tizimida o`tkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd.so`m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (8,3 mlrd.so`m) nisbatan 2 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi tizimida o`tkazilgan 124 ta nazorat tadbirlarining 106 tasida 9,4 mlrd.so`m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (1,1 mlrd.so`m) nisbatan 8,5 martaga oshgan.

Boshqa yangiliklar