AsosiyIqtisodiyot

Firibgarlarning aldovlariga ishonib qolmang — Markaziy Bank

'Firibgarlarning aldovlariga ishonib qolmang — Markaziy Bank'ning rasmi

Markaziy bank fuqarolarni firibgarlik holatlaridan hushyorlikka chorladi.

Bugungi kunda O`zbekiston fuqarolari orasida internet saytlaridagi reklamalar orqali qisqa vaqt ichida pul ishlashni taklif etayotgan tashkilotlarning yolg`on ma`lumotlariga ishonib, o`z pul mablag`larini xorijiy davlatlarga o`tkazish holatlari uchrab turibdi.

Bunda asosan internet foydalanuvchisi pul ishlash to`g`risidagi reklamalar bilan tanishib, tashkilotlarga so`rov qoldiriladi. Qisqa vaqt ichida “A” ismli shaxs foydalanuvchi bilan bog`lanadi hamda savdo maydonchasiga (FOREX platformalari) kirishni ta`minlash, xalqaro moliya bozoridagi savdo bo`yicha tahliliy ma`lumot va maslahat taqdim etish taklifi bilan ma`lum bir miqdorda chet el valyutasida sarmoya kiritish so`raladi.

Pul mablag`lari o`tkazilgandan keyin, tashkilot xodimi – tahlilchi tomonidan masofaviy erkin foydalanish dasturini (Any Desk) o`rnatish so`raladi va mazkur dastur o`rnatilgandan so`ng u orqali platformadagi savdolarda qatnashiladi. Sarmoya kiritgan fuqaro platformada o`z mablag`ining o`sishini ko`radi hamda ko`paygan pul mablag`larini echishga qaror qilganda, tahlilchi ushbu mablag`larni echib bermaydi va turli bahonalarni vaj qiladi yoki umuman aloqaga chiqmaydi.

Shundan so`ng fuqaro tomonidan brokerlik kompaniyasining shaxsiy kabinetiga kirgan holda pul mablag`larini echish yuzasidan so`rovlar yuborilganda “kutilmoqda” maqomi ko`rsatiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Markaziy bank yurtdoshlarimizni firibgarlarning aldovlariga ishonib qolmasliklari yuzasidan ogoh bo`lishlikka chorlaydi.

    Boshqa yangiliklar