1

«DEBYuT» kinofestivali g`oliblari taqdirlandi

Madaniyat 15.01.2021, 21:46
«DEBYuT» kinofestivali g`oliblari taqdirlandi

Bugun "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" doirasida bo`lib o`tgan yosh kinoijodkorlar uchun tashkil etilgan «Debyut» qisqa metrajli filmlar festivali g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Marosimni «O`zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi. Shundan so`ng, sahnaga Yoshlar ishlari agentligi direktor o`rinbosari Dilnoza Kattaxonova taklif qilinib, yosh kinoijodkorlarni bugungi kun bilan tabrikladi va ularning kelajakdagi ishlarida omad tiladi. Bildirilgan yaxshi tilaklardan keyin sahnada «Durdona» raqs ansamblining chiqishlari namoyish etildi. So`ngra «Debyut» qisqa metrajli filmlar festivalini taqdirlash marosimiga start berilib, "Eng yaxshi film", "Eng yaxshi rejissyor",  "Eng yaxshi operator", "Eng yaxshi rassom", "Eng yaxshi ssenariy" nominasiyalari bo`yicha g`oliblarni e`lon qilish boshlandi.

Festivalning "Eng yaxshi ssenariy muallifi" nominasiyasiga «Ro`mol» qisqa metrajli filmining ssenariy muallifi Abbos Xurramov loyiq ko`rildi. Mukofotni O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universtiteti rektori Sherzodxon Qudratxo`ja topshirdi.  

"Eng yaxshi rassom" nominasiya bo`yicha "Ertaga bahor" filmi uchun Muhiddin Kenjaev va Muhammad Tangmatov, "Eng yaxshi operator" nominasiyasi uchun «Bahs» filmi operatori Abdulaziz Asatullaevlar taqdirlandi.

"Eng yaxshi rejissyor" nominasiya bo`yicha esa «Ro`mol» filmi rejissyori Hasan Alijonov mukofotlandi.

«Debyut» filmlar festivalining mutloq g`olibi, "Eng yaxshi qisqa metrajli film" nominasiya bo`yicha yosh rejissyor Roman Grublyakning "Kichkina katta odam" filmi g`olib deb topildi. Film rejissyoriga mukofotni «O`zbekkino» MA Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov topshirdi.

Kino haftalikning beshinchi kuni ham oxirlab, "Debyut" qisqa metrajli filmlar festivalining bu yilgi g`oliblari munosib taqdirlandi.  

Eslatib o`tamiz, ertaga haftalikning so`nggi kuni O`zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor va pedagog Shuhrat Abbosovning 90 yillik yubileyiga bag`ishlangan xotira kechasi bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1