AsosiyJAMIYAT

Buxoroda avtobus yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda "Buxoroda avtobus yonib ketdi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat y...

'Buxoroda avtobus yonib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Buxoroda avtobus yonib ketdi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lumot berdi

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 17 yanvar kuni soat 09:30larda, Buxoro viloyati, Buxoro tumanida joylashgan "Jondor" avtoturargohining oxirgi bekatida, 76-yo`nalishda harakatlanuvchi, haydovchi, 1962 yilda tug`ilgan Z.O. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli avtobusda yong`in sodir bo`lgan. 

Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtobusning ayrim qismlari yong`indan zararlangan. 

Mazkur hodisa yuzasidan Buxoro tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong`in sodir bo`lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. 

Boshqa yangiliklar