2021 yil 1 martga qadar Rossiya hukumati prezidentga boshqa mamlakatlarning mehnat muhojirlarini qurilish maydonchalarida ishlashga jalb qilishning soddalashtirilgan tartibi bo`yicha takliflarni kiritishi kerak deb yozmoqda rbc.ru sayti.
Xabarda aytilishicha, "MDHning ayrim mamlakatlari" fuqarolarini qurilish-montaj ishlarini bajarishga jalb qilishning soddalashtirish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq, Moskva qurilish boshqarmasi shahar qurilish maydonchalarida ishchilar etishmasligi haqida e`lon qilgandi. Bo`lim boshlig`i Rafiq Zagrutdinovning so`zlariga ko`ra, 2020 yil dekabr oyida Moskva qurilish maydonlarida taxminan 60-65 ming ishchi ishlagan, kadrlar etishmasligi 10 ming xodimga baholangan.
Rossiya Qurilish vazirligi dekabr oyida mamlakatning 50 mintaqasida ishchi kuchi etishmasligi haqida e`lon qildi. Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi va Rospotrebnadzor bilan migrant qurilish ishchilarining Rossiyaga kirishi to`g`risidagi takliflarni tayyorladi va hujjatni hukumatga ko`rib chiqish uchun yubordi.