AsosiySavol-javob

O`zbekistonda tug`ilmagan bolaning DNK tahlili o`tkaziladimi?

'O`zbekistonda tug`ilmagan bolaning DNK tahlili o`tkaziladimi?'ning rasmi

Homiladorman, lekin turmush o`rtog`im bu homilaga shubha bilan qaramoqda. Tug`ilmagan bolaning DNK tahlilini o`tkazish mumkinmi?

Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi axborot xizmati rahbari Saidillaxo`ja Saidxo`jaev javob qaytardi:

 " - Mumkin, buning uchun homiladan namuna olish zarur. Ushbu jarayonda bola tushub qolish xavfi yuqori bo`lgani sababli, bizning amaliyotimizda bu qo`llanilmaydi.

Ayrim chet el laboratoriyalarida «noinvaziv prenatal diagnostika» usuli qo`llaniladi. Unda tug`ilmagan bolaning «fetal DNK»si onaning qonidan ajratib olib tahlil qilinadi.

 Ammo ushbu usul uchun maxsus, juda qimmat uskunalar va reagentlar talab qilingani, tahlilning tannarxi juda qimmatga aylanishi, shuningdek, amaliyotda bu yo`nalishdagi tahlilga ko`p ham ehtiyoj yo`qligi bois bizning Markazimizda bu turdagi tahlil o`tkazilmaydi", - dedi  Saidillaxo`ja Saidxo`jaev.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar