Pensiya jamg`armasining Ijro etuvchi direktori o`rinbosari Shuhrat Davronov ushbu savolga AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagicha javob berdi:
« - Ijtimoiy nafaqa pullarini berish tartibi shunday: fuqarolar o`z ijtimoiy holatidan kelib chiqib, tegishli ma`lumotlarni MFYga taqdim etadi. Mahalla mas`ullari esa bu ma`lumotlarni har oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamg`armasi bo`limiga olib kelishi lozim. Pensiya bo`limlari esa arizani o`rnatilgan mezonlarga asosan ko`rib chiqadi.
️Ijtimoiy nafaqa — oila a`zolari daromadi kishi boshiga 393 ming so`mdan past bo`lsa, unga ijtimoiy nafaqa tayinlanadi. Agar ijtimoiy nafaqat so`ragan kishining ikki yoki undan ko`p ko`chmas mulki bo`lsa, ishlab chiqarilganiga 10 yildan kamroq bo`lgan yoki bir nechta avtotransporti mavjud bo`lsa, uning arizasi rad etiladi», - dedi Shuhrat Davronov.