Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chimboy tumani bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati Darakchi.uz ga xabar berdi.
Xabarda aytilishicha tumandagi umumiy o`rta ta`lim maktab binolarini joriy ta`mirlashda “R” va “N.” MChJlar tomonidan amalda bajarilmagan qurilish ishlarini hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritilib, ish hajmini qo`shib yozish orqali 36-maktab bo`yicha 290,9 mln so`m va 44-maktab bo`yicha 161,6 mln so`m byudjet mablag`lari o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi, tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan esa ushbu jamiyatlar hisob raqamiga pullar to`liq o`tkazib berilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.