AsosiyJAMIYAT

Bo`kada hech kim e`tibor bermayotgani aytilayotgan 8 yoshli qizni "Spark" urib ketgani yuzasidan YHXBB munosabat bildirdi (video)

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Bo`ka tumanida "Spark" avtomobili urib yuborgan qizaloqnin...

'Bo`kada hech kim e`tibor bermayotgani aytilayotgan 8 yoshli qizni "Spark" urib ketgani yuzasidan YHXBB munosabat bildirdi (video)'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Bo`ka tumanida "Spark" avtomobili urib yuborgan qizaloqning onasi ushbu holatga hech kim e`tibor qaratmayotganini aytib, videomurojaat yo`lladi.

Holatga IIV YHXBB munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 5 fevral kuni soat 18:00 larda, Toshkent viloyati, Bo`ka tumani, Bo`ston MFY hududidan o`tgan ichki avtomobil yo`lida, haydovchi, 1984 yilda tug`ilgan G`.E. 🚘"Spark" rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo`lning chapdan o`ng tomoniga kesib o`tayotgan piyoda, 2012 yilda tug`ilgan D.Sh.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda, 8 yoshli D.Sh. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo`ka tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo`llarda piyodalarga e`tiborli bo`lishlarini, ota-onalar voyaga etmagan farzandlariga avtomobil yo`lida yolg`iz harakatlanishga ruxsat bermasliklarini, piyodalar belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tmasliklarini so`raymiz, deyiladi Bosh boshqarma Axborot xizmati xabarida. 

 

Boshqa yangiliklar