AsosiySiyosat

Prezident topshirig`i: bir oy ichida birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanishi zarur bo`lganlar ro`yxati shakllantiriladi

'Prezident topshirig`i: bir oy ichida birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanishi zarur bo`lganlar ro`yxati shakllantiriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2021 yilgi davlat dasturida rejalashtirilgan vazifalarga bag`ishlangan yig`ilishda koronavirusga qarshi emlash bo`yicha topshiriqlar berdi.

«Joriy yil yakuniga qadar tuman va shahar tibbiyot birlashmalari negizida 35ta tumanlararo qo`shma shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etilsin.

Buning uchun 1 iyulga qadar Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasining 24 million dollar mablag`lari jalb etilsin.

Yana bir masala – aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarur. Buning uchun, Hojiboev, Yusupaliev bir oy muddatda birinchi navbatda emlanishi zarur bo`lgan aholi toifasini belgilab, ularning elektron ro`yxatini shakllantirsin.

Shuningdek, viloyat hokimlari bilan birga, oilaviy poliklinika va qishloq shifokorlik punktlaridagi 3 mingdan ziyod emlash bo`limlari shayligini ta`minlashdan tashqari, yana qo`shimcha 800ta mobil brigada tashkil etishi zarur», degan davlat rahbari.

Shuningdek, joriy yilda sog`liqni saqlash tizimi mas`ullari faoliyatiga Sirdaryo viloyatining 26ta tuman (shahar)larida oilaviy shifokorlik, «elektron poliklinika» tizimlarini joriy etish natijasiga qarab baho berilishi ma`lum qilingan.

Madaniyat vaziri Nazarbekov, Moliya vaziri Ishmetov viloyat hokimlari bilan birga joriy yil yakuniga qadar 16ta madaniyat markazi, 10ta muzey, 2ta teatr binosini mukammal ta`mirlash va jihozlash hamda 1ta teatr binosini jihozlash ishlarini yakunlashi shartligi qayd etib o`tilgan.

Moliya vazirligi bunga byudjetdan 150 milliard so`m ajratadi. Bundan tashqari, joriy yil 20 avgustga qadar «Ipak yo`li durdonasi» Toshkent xalqaro kino festivalini tashkil etishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha topshiriq berilgan.

«Ushbu topshiriqlar ijrosi bo`yicha Abduvohidov, Musaev har oyda prezidentga axborot kiritib boradi», degan davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar