AsosiySport

Bahromjon Gaziev Markaziy Osiyo mintaqaviy guruhiga rahbar bo`ldi

'Bahromjon Gaziev Markaziy Osiyo mintaqaviy guruhiga rahbar bo`ldi'ning rasmi

Bahromjon Gaziev Markaziy Osiyo mintaqaviy guruhi rahbari etib saylandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar qildi.

Evrosiyo ot sporti assosiasiyasi 2020 yil 13 noyabrda Xalqaro ot sporti federasiyasi (FEI) Bosh assambleyasi doirasida bo`lib o`tgan III mintaqaviy guruhi yig`ilishidan so`ng tashkil etilgan. Evrosiyo assosiasiyasini tashkil qilishning asosiy maqsadi mintaqada ot sportini rivojlantirish, uning a`zolari manfaatlarini himoya qilishdir. Assosiasiya xalqaro maqomga ega va Olimpiya Xartiyasiga, shuningdek FEI qoidalari va pozisiyalariga muvofiq assosiasiyaga a`zo mamlakatlar orasida Evrosiyo o`yinlari, chempionatlari va boshqa musobaqalarni tashkil etib boradi.

Rossiya ot sporti federasiyasi prezidenti lavozimini egallagan Marina Sechina Evrosiyo ot sporti uyushmasi prezidenti etib saylangan. Hozirda O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Bahromjon Gaziev assosiasiya vise-prezidenti, Markaziy Osiyo mintaqaviy guruhi rahbari etib saylandi.

Bahromjon Gaziev ushbu lavozimga saylanar ekan, quyidagi fikrlarni bildirib o`tdi: 

O`zbekiston, Qirg`iziston va Rossiyada Millatlar kubogining bir necha bosqichlarini o`tkazish Evrosiyo ot sporti uyushmasining 2021 yilgi rejalari qatoriga kiradi. Final bosqichiga FEI tasnifi bo`yicha 4* toifasi berilgan va u avgust oyining boshida «Ivanovskoe» ot sporti klubida bo`lib o`tadi. Ushbu to`rtta musobaqa natijalariga ko`ra, III mintaqaviy guruh mamlakatlari jamoalari oktyabr oyining boshlarida Barselonada bo`lib o`tadigan Millatlar kubogi jahon miqyosdagi finaliga yo`llanma uchun kurashadilar. Xalqaro ot sporti federasiyasi ushbu musobaqaga katta ahamiyat qaratmoqda. Uning sovrin jamg`armasi minimal bo`ladi, ammo g`oliblar xalqaro reytingdagi ochkolar soni e`lon qilingan 3 yoki 4 * darajalariga muvofiq taqdirlanadi.

Shuningdek, biz 2023 yilgi Evrosiyo chempionati mintaqamiz uchun Parij-2024 Olimpiya o`yinlariga va yoshlar chempionati o`smirlar Olimpiya o`yinlariga saralash musobaqasiga aylanishi yo`lida barcha sa`y-harakatlarni amalga oshiramiz”.

    Boshqa yangiliklar