AsosiySport

O`zbekiston 2022 yilgi U23 Osiyo Kubogi mezbonligini qo`lga kiritdi

'O`zbekiston 2022 yilgi U23 Osiyo Kubogi mezbonligini qo`lga kiritdi'ning rasmi

 Bu haqda O`FA axborot xizmati xabar bermoqda.

"O`zbekiston futbol assosiasiyasi Osiyo futbol konfederasiyasi bilan yirik xalqaro turnirlarga mezbonlik qilish bo`yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.  

O`FA 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi O`zbekistonda qabul qilish bo`yicha OFKga so`rovnoma yuborgan edi. O`FA mutaxassislari mazkur chempionatni mamlakatimizda o`tkazish bo`yicha tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlarni OFK vakillariga taqdim etdi va ko`plab muzokaralarni olib bordi.

Natijada Osiyo futbol konfederasiyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini yurtimiz yashil maydonlarida bo`lib o`tishiga rozilik bildirdi", — deyiladi xabarda.

Ma`lumot o`rnida, 2013 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqada hozirga qadar O`zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq U23 milliy jamoalari bosh sovrinni qo`lga kiritishgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar