AsosiySport

Dzyudochilarimiz “Katta Dubulg`a” turnirida dunyoning 60 davlat orasida 8-o`rinni band etishdi

'Dzyudochilarimiz “Katta Dubulg`a” turnirida dunyoning 60 davlat orasida 8-o`rinni band etishdi'ning rasmi

Isroil davlatida o`tkazilgan dzyudo bo`yicha “Katta Dubulg`a” turkumiga kiruvchi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi delegasiyasi bugun tunda Tel-Aviv–Istanbul–Toshkent avia reysi bilan yurtimizga qaytib keldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirigi ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, Tel-Aviv “Katta Dubulg`a” turnirida dunyoning 60ta davlatidan jami 418 nafar dzyudochi medallar hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo`lidagi muhim reyting ochkolarini qo`lga kiritish uchun tatamiga chiqishdi. Ular qatorida O`zbekiston terma jamoasining 11 nafar a`zosi ham o`z imkoniyatini sinovdan o`tkazdi.

Dzyudochilarimiz Isroil turnirida 1ta oltin va 2ta bronza medali bilan yakunda umumjamoa hisobida 60 davlat orasida 8-o`rinni band etdi. Sharofiddin Boltaboev oltin medal va 1000 reyting ochkosiga ega bo`ldi. -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sardor Nurillaev va Muhriddin Tilovov esa bronza medali hamda 500 reyting ochkosini qo`lga kiritishdi.

5-7 mart kunlari poytaxtdagi "Humo Arena" muz saroyida o`tkaziladigan Toshkent "Katta Dubulg`a" turnirida O`zbekiston terma jamoasi har bir vazn toifasida 4 nafardan dzyudochi bilan ishtirok etadi.
 

    Boshqa yangiliklar