O`zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Igor Sergeev «Aktobe»ga o`tgach, sports.kz sayti bilan suhbatda Qozog`iston klubiga o`tishi va Aleksanrd Geynrix va Temur Kapadzening bergan maslahati haqida gapirdi.
«Yashirib o`tirmayman, bu erga kelishdan avval uzoq o`yladim. Hamma plyus va minuslarni taqqoslab ko`rdim. Chunki qanday qaror qabul qilishimdan avval uzoq o`ylaydigan insonman. «Aktobe»ga o`tishdan avval agentim bilan uzoq o`yladik, bu erda to`p surgan hamyurtlarim Aleksandr Geynrix va Temur Kapadze bilan maslahatlashdim. Ular bu klubda bir yil faoliyat olib borishgan. Geynrix ham, Kapadze ham bu klub, shahar, jamoa muxlislari haqida faqat iliq fikrlarni bildirishdi. Aynan nima sabab bilmadim, lekin yakunda «Aktobe»ni tanlashga qaror qildim», - deydi Igor Sergeev.
Ma`lumot uchun, «Aktobe» o`tgan mavsumda Qozog`iston chempionati quyi ligasida to`p surib, joriy mavsumdan mamlakat Premer-ligasida o`ynaydi.