1

LG hali sotuvga chiqarilmagan smartfoni uchun g`ilofni namoyish etdi

Hi-tech 12.02.2016, 20:44
LG hali sotuvga chiqarilmagan smartfoni uchun g`ilofni namoyish etdi

LG kompaniyasi o`zining yangi avlod smartfoni G5 uchun mo`ljallangan g`ilofni taqdim etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Yangi Quick Cover g`ilofining o`ziga xos jihati shundaki, u kulrang tusdagi yarim shaffof  qatlamga ega. Uning yordamida smartfonning ayrim funksiyalarini boshqarish mumkin.

Xususan, uning yordamida g`ilofni ochmagan holda qo`ng`iroqlarga javob berish mumkin.

Taxminlarga ko`ra, yangi smartfon Always On ya`ni “Har doim yoniq” funksiyasi bilan uyg`unlashtiriladi. Bu funksiya smartfon egasiga qorong`ulikda ham undagi kerakli ma`lumotlar ko`rinib turish imkonini beradi. 

G5 har doim yonib turadigan ekran bilan ta`minlanishi haqidagi xabar 10 fevral kuni tarqalgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1