1

Ozodbek Nazarbekov yana bir ustoz san`atkorni xonadoniga yo`qlab bordi

Madaniyat 24.02.2021, 20:10
Ozodbek Nazarbekov yana bir ustoz san`atkorni xonadoniga yo`qlab bordi

Bugun O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi, A.Qodiriy nomidagi O`zbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati, kompozitor va bastakor Mustafo Bafoev xonadoniga  O`zbekiston Respublikasi  kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi rahbari Rustam Abdullaev va O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin O`rinboev hamrohligida tashrif buyurdik.

Uzoq yillar o`zbek milliy va zamonaviy musiqasi rivoji yo`lida faoliyat olib borgan tajribali kompozitor bilan suhbatlashish asnosida uning  sermahsul ijodi haqida ko`pgina ma`lumotlarga ega bo`ldik.  

Ustoz bastakorning qator  asarlari teatrlarimizda namoyish etilgan. Bastakor sohibqiron Amir Temur ariyasini ijro etib, uning yaratilishi haqida to`lqinlanib so`zlab berdi. Tarixiy asarlarga alohida e`tibor berilayotgan hozirgi kunlarda bu kabi ijod mahsuli barchamizda katta qiziqish uyg`otdi.  

O`z o`rnida uni teatrlarimizda namoyish etish uchun xalqimizga yanada tushunarli, qiziqarli bo`lishiga erishish, buning uchun asarni mutaxassislar ishtirokida tomoshabinbop sahna asari darajasiga etkazish kerakligi haqidagi mulohazalarimizni bildirdik.

Ozodbek Nazarbekov, 

Madaniyat vaziri

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1